Mart oyida Rossiyada GM Uzbekistan’ning 1677 mashinasi sotildi
O‘tgan mart oyi mobaynida Rossiyada GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan 1677 mashina sotildi. Xaridlar bobida O‘zbekiston avtomobilsozlari Rossiya bozorida hisobot davrida 19-o‘rinni egalladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib.
Fevral oyiga nisbatan o‘sish 5,7 foizni tashkil qildi — o‘shanda jami 1586 mashina sotilgan edi. O‘tgan yilning mart oyiga qiyoslaganda esa (1757 avto) ko‘rsatkich 4,6 foizga tushib ketdi.
2016-yilning birinchi choragida Rossiya bozorida GM Uzbekistan jami 4532 avtomobil realizatsiya qildi. Bu 2015-yilning shu davriga nisbatan (5411 avto) 16,2 foizga kam demakdir.
Gentra GM Uzbekistan’ning Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan modeli bo‘lib qolmoqda — martda 1162 (o‘tgan yil martida — 1181 dona yoki 1,6 foizga ko‘proq), chorak davomida esa 3308 bunday mashina sotildi (o‘tgan yil birinchi choragida — 3090 dona yoki 7 foizga kamroq). Rossiya bozoridagi eng xaridorgir modellar ro‘yxatida Gentra 25-o‘rinni saqlab qoldi.
GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi o‘tgan yil ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlarsiz qoldi — mart oyida 1,3 foiz, birinchi chorakda esa 1,4 foiz.