Rossiya va Niderlandiya olimlari “EkzoMars-TGO” zondi yordamida Marsning Mariner vodiysida katta miqdorda muz zaxiralarini aniqlashdi. Ta'kidlanishicha, muz topilgan maydon Ladoga ko'lidan deyarli 2,5 marta katta.
Mariner vodiysi ulkan kanьonlar tizimi bo'lib, ular Qizil sayyoraning janubiy yarimsharida joylashgan. Ularning uzunligi 4,5 ming kmni, chuqurligi 11 kmni tashkil qiladi.
Avvalroq olimlar qadimda Qizil sayyorada ko'llar, daryolar va hattoki okean bo'lganini aytishgan. Biroq Marsda suv sayyora atmosferasining katta qismi bilan birga 3,5 mlrd yil oldin yo'q bo'lib ketgan.