Manzuraning pardozsiz suratlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda
“Nihol” mukofoti sovrindori sovrindori Manzura Yo‘ldosheva ijtimoiy tarmoqlardan tanaffussiz foydalanadigan xonandalardan biri sanaladi. Uning kecha Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan surati bahs-munosazalarga sabab bo‘lmoqda. Xonandaning raqqosa Parizoda bilan tushgan suratida ko‘p pardoz qilmagani sezilib turibdi. Manzuraning muxlislari esa buni alohida e’tirof etib, bu ko‘rinish unga yarashganini, ortiqcha pardozdan voz kechib, ko‘proq oddiy va sodda bo‘lishi kerakligini ta’kidlashmoqda. Manzura esa bu izohlarning ayrimlariga jilmaygancha javob qaytarmoqda. Tanqid qilganlarni esa gap bilan ayovsiz “savalayapti”. Zamonaviy plastik jarrrohlik amaliyotida unumli foydalangan xonanda hamisha tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni tan olib, burnini kichraytirgani va labini shishirganini tan olib keladi. U boshqalar gapi plastik jarrohlik mahsulini tabiat in’om etgan go‘zallik deb baholamaydi. Shu sabab ko‘p sonli muxlislar, ayniqsa, ayollar Manzuraning to‘g‘riso‘zligini qadrlaydilar. Uning suratdagi tashqi ko‘rinishi, ya’ni ortiqcha pardozsiz holati haqiqiy muxlislari sonini yanada orttirsa, ajab emas.