Manzuraning diniy fikrlari ko`rinishiga mos emasmi?
Xonanda Manzuraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi postlarida diniy fikrlar tobora ko`paymoqda, deb yozadi “Sayyod”.
Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “Manzuraning diniy fikrlari shou-biznesdagi o`rniga mos emas”, qabilidagi fikrlarni yozib qoldirishmoqda.
Masalan, internet foyddalanuvchilarining fikriga ko`ra, xonandaning yangi "Romeo" klipi xonandaning diniy fikrlariga umuman to`g`ri kelmaydi. Mazkur ayblovlarga Manzura quyidagicha javob berdi:
“Qanday ko`rinishda bo`lishim kerak ekan unda? Doimo kichkina qizaloq ko`rinishidami? Doimgidek ko`rinishdaman, shunchaki yoshimga yosh qo`shilyapti. Shou-biznes xam musulmonku. Xudoga shukr, xammayog`im yopiq bo`lsa. Unday bo`lsang ham yoqmaysan, bunday bo`lsang ham. ‘Romeo’ klipida esa yalang`och emasmanku, hammayog`im yopiq bo`lsa, tavba odamlarniyam tushunib bo`lmaydi. Klipdagi imidjim ‘derzko’ bo`lsa, bu degani Xudoni unutdi, deganimasku. Bunday noo`rin tanqid qilayotgan odamlarni esa ochig`i tushunmadim”.