Manzura yoshi o‘tgan sari nimani tushunib yetayotganini aytdi
“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga otasi, O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshevning suratini joylashtirib, ayni damda oila a’zolari bilan tog‘ yon bag‘rlarida hordiq chiqarayotganini ma’lum qildi va quyidagilarni yozib qoldirdi:
“Eng yaxshi dam olishlarimdan biri – bu ota-onam bilan o‘tgan vaqtlarim. Yashing ulg‘aygan sari buni chuqurroq tushunar ekansan va ularsiz dam olish vaqtlarini o‘tkazish ko‘nglingga ham sig‘may qolar ekan. Ular bilan tabiat qo‘ynida bo‘lasan, har kuni ertalab nonushta qilasan, yoshligingni eslaysan, boriga shukr qilasan.
Chet davlatlarda bir o‘zim yurganimda bir nimani yo‘qotib qo‘ygandek bo‘lardim. Vaqt o‘tgan sari sababini tushunar ekansan. Hayit kunlarida tilagim: Hammamizning ota-onamiz juda uzoq umr ko‘rishsin, uzoq yillar farzandlarining rohatini ko‘rishsin”.
Ma’lumot uchun, Manzura Yo‘ldosheva oilada ikki farzandning kenjasi.