Kuni kecha “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqidagi fikrini yozib qoldirdi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”.
“Kim edig-u kim bo‘ldik tadbirlaridamiz.Tushunishimcha, Vatan faqat menga kerak. Bu tadbirlarda tengdoshlarim va ‘yulduz’lardan hech kim yo‘q. ‘O‘zbeknavo’, seni sevaman!”, – deb yozib qo‘ydi va 10 daqiqaga bormay suratdagi izohni o‘chirib yubordi.