Xonanda Manzura Instagram’dagi shaxsiy sahifasida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida o‘z fikrini yozib qoldirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
Xonanda o‘z Instagram’iga joylashtirgan surati ostiga: “‘Kim edigu, kim bo‘ldik’ tadbirlaridamiz. Tushunishimcha, Vatan faqat menga kerak. Bu tadbirlarda tengdoshlarim va ‘yulduz’lardan hech kim yo‘q. ‘O‘zbeknavo’, seni sevaman!”, — deb yozib qo‘ygan.
Biroq, “Darakchi” gazetasining yozishicha, surat tarmoqqa joylashtirilganidan 10 daqiqa o‘tib, xonanda suratdagi izohini o‘chirib tashlagan.
“Buning sababi bizga qorong‘u. Balki xonandaning izohidagi tanqid hamkasblari e’tirozini uyg‘otgandir”, — deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
Avvalroq, xonanda Manzura hamkasblari — xonanda Rayhon va Munisa Rizayeva bilan munosabatlariga darz ketganini tan olgandi. Bundan tashqari, u xonanda Shahnozabonuning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim bormagani ham tanqid ostiga olgandi.
“Instagram’da ‘opajonim’lab uning o‘limi bilan keng ommani ‘tabriklagan’larning birortasi janozaga kelmadi”, — degandi Manzura.
Qayd etish joiz, Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali hamdardlik bildirgan edi, xususan, xonanda Munisa Rizayeva: “Ishongim kelmayapti. Qadrdon opam! Juda ham hurmat qilardim, juda yaxshi ko‘rardim. Siz doim bizning qalbimizdasiz!”, — deb qayd qoldirgan edi.
Agar rostan shunaqa dib yozgan bosa, MINNAT qilyapdi Bunaqa diyishi shartmasdi , Ozbekstonga xizmat korsatkan artist bolishni istayaptilar shekilli) ammo OMAD