Manzura: Shaxnozabonuning Janozasiga Estrada Olamidan Hech Kim Bormadi
Xonanda Manzura Shahnozabonuning janozasidan hamkasblaridan ranjib qaytganini ma’lum qildi.
Manzura:
—Instagram`da "Opajonim"lab uni o‘limi bilan keng ommani "tabriklagan"lar birontasi janozaga kelmadi. Faqatgina Davron Kabulovni ko‘rdim, raxmat unga. Shu yigitdan sal xafa edim ammo shu kuni hurmatim oshdi. Men, Iroda Dilroz va radioboshlovchi Shirin G‘ofurovalar bor edik. Mayli davlat tadbiri bilan banddir desang shu kuni davlat tadbiri yo‘q edi, to‘y desang xam xozir u darajada to‘y mavsumi emas. Biron joyi og‘rib qolgandir desang, naxotki hammasinikini yoppasiga birdan aynan shu kuni og‘rib qolgan bo‘lsa?! (jaxli chiqadi)
Estradadagi hammasi aynan shu kuni betob bo‘lib, gastrolda va yoki tadbirda bo‘lmagandir?! O‘zimcha ming hijolat bilan kech bordim shekilli, deb, hozir hamma o‘sha yerda, deb borsam...estrada olamidan hech kim yo‘q! Dutorchilardan bor deyishdi. Uni "gap"chilarichi qayda qoldi? 2-3 kun o‘tib Mavluda opa Umida opani olib borganini eshitdim. Ammo qolganlar qani? Shuncha odam Instagram`da qo‘yganini ko‘rdim, shulardan qani endi birontasi kelgan bo‘lsa. Bilasizmi...bir reytingi baland xonandani onasi o‘lganida hammasi o‘sha yerda edi. Mashhur bo‘lsang shu o‘limga ham "pont" uchun hamma borar ekan. Yaxshiyam o‘sha xonandani o‘zi o‘lmabdi, onasi o‘libdi. Umri uzoq bo‘lsin o‘zini, baxtli bo‘lsin, iymonda bo‘lsin. Shunchaki fakt sifatida taqqoslash uchun ham bir misolda bu, lekin Shahnozabonu sog‘lig‘i tufaylidir yo puli yo‘qmidi, mayli endi yo‘li shunaqa ekan biroz vaqt san’atda ko‘rinmay qolganiga birontasi so‘nggi manziliga kuzatgani bormadiya. Hammasi xo‘jako‘rsinga Instagram`da “tabriklagani” qoldi. Odamlarga yaxshi ko‘ringanida bu. Lekin yurakdan munosabat yo‘q! Qolmagan! Mana shu eng daxshatlisi, shu uchunam bu mavzuni ko‘tarishlaringizni istayman. Nima uchun bunaqa bemexr bo‘lib ketishyapti?
Instagram`ga qo‘yguncha borib jamoa bilan so‘nggi manzilga kuzat, omin qilib yuborsang o‘zinggayam Shahnozagayam savob yozilar. Urf-odatlarimizku. Biz artistlarni xammasi faqat "pont"da, o‘zga brendlarni kiyib olib reklama qilamiz, ertalabdan kechgacha qaerda ovqatlanayotganimizni ko‘rsatamiz va kimnidir tug‘ilgan kuni hamda o‘limi bilan tabriklash bilan kifoyalanamiz xolos!
Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahnozabonu 14 mart kuni 42 yoshida vafot etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva Shahnozabonuni xotirlar ekan, uning “o‘limni ham mardonavor qabul qilgani”ni aytib o‘tdi.Keyinroq, marhuma eng so‘nggi qo‘shig‘ini onasiga bag‘ishlab ijro etgani ammo uni muxlislar e’tiboriga havola etishga ulgurmagani ma’lum bo‘ldi.
Mayli nima bosayam insofi ozlariga buyursin . Ahir Shaxnozabinu shunchalik xurmatsiz ayolmi. Unaqamasda endi borish kereda endi xurmatini joyga qoyib. Mayli lekin men sizlardan ranjidim.
Shahnozabonuni joyi janatda bolsin deb omin ollohu akbar deb qolamiz.
Agar Manzura haqatanam Tamara Shokirovani nazarda tutib gapirgan bo‘lsa-g‘irt axmoq ekan! Birinchidan o‘lgan odamni orqasidan gapirish yaxshimas. Keyin Rayhon buyerda hichkim. Uni oyisini O‘zbek kinosi tarixida o‘zini o‘rni, hurmati bor. Borganini ko‘z ko‘z qilish shartmi?