Rasman tasdiqlanmagan manbalarga ko‘ra, "Fleshka”
texnomarkazi (sobiq "Malika” fabrikasi) dagi savdo qatorlari Chorsudagi
"Toshkent” savdo markaziga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Megamall.uz saytining
Facebook’dagi sahifasi xabar bermoqda..
Sahifa xabarida shunday deyilgan:
Hurmatli do‘stlari! Tezkor xabarni baham ko‘rmoqchimiz:
Malika savdo qatorlari tez orada ko‘chadi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra,
do‘konlarning aksariyati Toshkent GUM (sobiq Turkuaz)ga ko‘chiriladi.
Ushbu xabarga Facebook foydalanuvchilari o‘z munosabatlarini
bildirib izohlar yozishgan. Masalan, Umid Pulatov ismli
foydalanuvchi: "Agar bu madaniyatliroq ko‘rinsa, borib ko‘rishga qulay bo‘lsa,
servis va kafolatli xizmat yaxshilansa, juda yaxshi… O‘zi allaqachon internetga ko‘chish va onlayn
savdolar tashkil etish vaqtiyam keldi”, — deya fikr bildirgan.
Madina Bonu esa,
Chorsuda tiqilinch bo‘lishini yozgan, Umid Pulatov bo‘lsa unga javoban,
biror chorasi topilishini, balki rahbariyat arzonroq avtomobil to‘xtash joylari
tashkil etishi mumkinligini ta’kidlagan. Yana
bir foydalanuvchi – Yuliya Yuryevna shahar markaziga yaqinroq
bo‘lishidan mamnunligini ifoda etgan.
Ta’kidlash kerakki, hozircha bu xususda rasmiy xabar
berilmagan.
Bizni kuzatib boring, bu boradagi yangiliklarni imkon qadar
tezroq sizga yetkazishga harakat qilamiz!