«Majnun» filmi premerasiga katta hozirlik ko‘rilmoqda. Kuni kecha esa o‘zbek kinosida hali kuzatilmagan voqea sodir bo‘ldi! A.Navoiy nomidagi kinosaroy bosh binosining devoriga eng yirik bilbord o‘rnatildi. Reklama qilish bobida shov-shuvning eng kattasi bu! Bo‘yi – 27 metr, eni -7,5 metr bo‘lgan “Majnun”! Ma’lumotlarga qaraganda, yangi kartinaning premerasi yodda qoladigan bo‘ladi. 2016-yilning 6-martida ilk namoyish faqat yulduzlar va ularning yaqinlari uchun deb o‘ylasangiz adashasiz! Keling, yaxshisi, kartina rejissyori Jahongir Ahmedovga quloq tutamiz:
-“Majnun” premerasini o‘zimiz ham, butun bir ijodiy jamoamiz katta hayajon bilan kutyapmiz. Premerani kinomuxlislar uchun kichik bir bayramchaga aylantirish taraddudidamiz. Shu maqsadda imkon qadar yangi g‘oyalarni amalga oshirishga intilyapmiz. Mehnatlarimiz zoe ketmasligidan umid qilamiz. Odatda, ayrim kinoyulduzlarga taklifnoma bersak, vaqtini muammo darajasiga ko‘taradi. Shunday ekan, hech kimga yalinish yo kimnidir majbur qilish fikridan aslo yiroqmiz. Aslida har film tomoshabin uchun, omma uchun yaratiladi. Instagram orqali ko‘plab savollar yo‘llanmoqda. Saytingiz orqali ularning aksariyatida so‘ralgan savollarga umimiy javob berishni lozim topdim. Ya’ni, “chipta narxi oshiriladimi yo yo‘q”, “premera faqat yulduzlar uchunmi?” qabilida savollar yo‘llangan. Yo‘q, chiptalar narxi oshirilmaydi. 7000 so‘m! Premera faqat yulduzlar uchun emas! 6-mart kuni bo‘lib o‘tadigan katta premera omma uchun, xalq uchun eshik ochadi!- deydi, “Majnun” rejissyori.
Jasur HAMROYEV
P.S.: «Majnun»ning ilk namoyishini tomosha qilish istagidagilar quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z chiptasiga ega bo‘lishlari mumkin:
241-03-84
241-03-40
241-04-90