Lola: Shunday kun keladiki, sen hech qachon avvalgidek bo‘la olmaysan
Xonanda Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshevning vafoti haqidagi postidan keyin salkam 40 kun deganda Instagram’da ko‘rinish berdi. U insonni tubdan o‘zgartirib yuboradigan hodisalar haqida mulohaza yuritdi. “Hammasi joyida. Biz kuchli, bardoshli, chidamli ekanligimizga, o‘zimiz haqimizdagi hamma narsani bilishimizga juda ishonishimiz mumkin, biroq shunday kun keladiki, u sening hayotingni avval va keyinga ajratib yuboradi. Bundan keyin sen hech qachon avvalgidek bo‘lmaysan… Siz bilan hozir murakkab davrda yashab o‘tyapmiz. Umid qilamanki, xotirjam va sabrlisiz. Xonadongizga tinchlik tilayman”, — deb yozadi Lola. Eslatib o‘tamiz, Lolaning otasi, “Tarona rekords” kompaniyasi rahbari Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Ravshan Yo‘ldoshev nafaqat taniqli prodyuser, balki sohada uzoq muddat faoliyat olib borgan ichki ishlar organi xodimi ham bo‘lgan.