Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola nega folchilarni inkor etmadi?


Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo‘ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi...

— Aytishlaricha siz...

— Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha, ham shunday, negaki xatakterimga ko‘ra perfiksionistman. Professionallikni qadrlayman! Ijodiy guruhdan ham shuni talab qilaman. Hatto, u qadar muhim emasdek tuyulgan holatlar ham diqqatimdan chetda qolmaydi. Farzandlarimga ham ko‘p aytaman, har bir ishni a’lo darajada bajaring, «yaxshi»si bilan kifoyalanmang, deb.

— Xarakteringiz chizgisi bu...

— Suv! Goho toshqin, gohida sokin harakatlanuvchi obi-hayotman! Toshdan toshga urilsam ham, bir joyda to‘xtab qolmayman, oqimni topa olaman. Vijdon amri bilan yashayman, o‘z prinsiplarimga sodiqman, agar ular hayotim davomida o‘zgarmasa, albatta.

— Lolaning uch orzusi?

Insonlarga ko‘proq yaxshilik qilsam deyman, baxtli bo‘lishni istayman! Tinch-totuv, ahil oilam va yana farzanlarimning shiringina uka yoki singilchasi bo‘lishini niyat qilaman!

— Hamma-hamma niyatlaringiz amalga oshsin!

— Rahmat!

— Qo‘lingizdan kelmaydigan ish qaysi?

— Kimgadir atay yomonlik qilishni eplolmayman, hatto, u dushmanim bo‘lsa ham. Bu holatda men ojizman.

— Maktabda sizni kim deb chaqirishgan?

— Agar biror laqabni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, unaqasi bo‘lmagan. Oddiygina Lola edim.

— Biror marta bo‘lsa ham yoqalashganmisiz?

— Hech qachon!

— Farzandlaringiz bir-birlari bilan urishib qolishsa-chi?

— Mushtlashish bilan hech nimaga erishib bo‘lmasligini, har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri tushuntirish kerakligini uqtiraman. Lekin o‘g‘il bola oilasi, yaqinlari va vatan himoyachisi, kerak paytda kuch ishlata olishni bilishi kerak.

— «A» harfi bilan boshlanadigan so‘z ayting, xayolingizga kelgan eng birinchisi?

— Arzimaydi!

— Avtomobilda ketayotib nimalarni xayol qilasiz?

— Ular turli-tuman va juda ko‘p.

— Yosh ijodkorlardan biri sizga shogird bo‘lmoqchiligini aytib, izn so‘rayapti, nima qilasiz?

— Ichki sezgimga quloq tutaman. Agar o‘zim va bo‘lajak shogirdimga nisbatan ishonch paydo bo‘lsa, ko‘zim yetsagina, ishga kirishaman.

— Ekstrasens va folchilarga ishonasizmi?

— Men Yaratganning qudratiga ishonaman, ammo noyob qobiliyatli insonlar borligini ham inkor etmayman. Shunchaki, folchi yoki ekstrasensga ishim tushmagan, qolaversa, kelajakni bilgim ham yo‘q. Har qaysi niyatni chin ko‘ngildan, astoydil, yolvorib so‘rayman. Yaratgan, mendan so‘ra va men beraman degan, men bunga ishonaman.

— Lola yozgan she’rlar...

Onajonimning uyida, yozuv stolida qolgan. Ha, she’r yozaman, qog‘ozga tushirganman ularni.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6077 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное