Lola Gulnora Karimova himoyasiga otlanganlar ustidan kuldi!
Lola Yo'ldosheva o'z instagram sahifasida istehzoli bir post e'lon qildi. Unda quyidagi so'zlar mujassam.
— Gulnora Karimova himoyasiga otlanganlar oqimini ko'rib, xayolimga ikki xil fikr keldi. Birinchisi — «asirlik sindrom» degan tushuncha bor. Ya'ni insonlar o'z xohishlariga qarshi va muttasil qo'rquv ostida tutqunlikda yashasalar vaqt o'tishi bilan bu holga solgan insonga nisbatan mehr uyg'onishi mumkin. Quvonarlisi, bu holat ruhiy sindrom emas va tez o'tib ketadi.
Ikkinchisi – jamoadan ajralib chiqish qo'rquvi. Olimlar uning sababini aniqlash befoyda ekanligini aytishmoqda. Chunki bu qusur tug'ma bo'ladi va u hech qachon yo'qolmaydi. Afsusdaman, chunki men doim ijodkor insonning eng katta xususiyati individuallikka intilishi deb hisoblardim. Va o'zi uchun kimni namuna deb tanlashni ham bilishi kerak.
Ha, butun dunyo bu – teatr, undagi insonlar esa aktyorlar. Biroq unda qo'g'irchoq teatri ham bor…