Lola 1 may kuni fan-klubi bilan uchrashuvni noan’anaviy
tarzda eko-parkda o’tkazdi. Bu uchrashuv piknik singari o’tganligi bilan boshqa
uchrashuvlardan farq qildi. Uchrashuv unutilmas va o’zgacha kayfiyatda bo’lib
o’tdi. Bu uchrashuvda nafaqat
Lolaning muxlislari, balki Nigina Nabieva ham ishtirok etdi.
Fan-klub uchrashuvida shunchaki suhbatdan tashqari
to’planganlar bilan birgalikda «Krokodil»o’yini ham o’ynaldi. Qiziqarli va
unutilmas uchrashuvda Lola vaqt qanday o’tganini ham sezmay qolganligini
ta’kidlab o’tdi. Go’yoki oddiy muxlislar orasida emas, balki o’z do’stlari
bilan birga o’tirgandek his etdi o’zini. Mazkur uchrashuvdan fotosuratlar
quyida sizlarga taqdim etilmoqda.