Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Chiliga qarshi (0:0, 2:4 penalti) Amerika Kubogi–2016 musobaqasi finalidan so`ng termadagi faoliyatiga yakun yasashi haqida aytib o`tdi.
“Termada men uchun barchasi tugadi. Bu mening qarorim”, – dedi 29 yoshli hujumchi.
Messi Chiliga qarshi finalda penaltini noaniq amalga oshirdi va bu ham yakuniy natijaga ta`sir o`tkazdi.
Argentina so`nggi uch finalning barchasida mag`lubiyatga uchramoqda. JCh–2014 finalida Argentina 0:1 hisobida Germaniyaga yutqazgandi. O`tgan yilgi va bu yilgi Amerika Kubogida Argentina va Messi penaltilar seriyasida mag`lubiyatga uchradi.