Kuyovnikiga 40 kungacha ovqat tashish odati hamon saqlanib qolmoqda
O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuyovning xonadoniga kelinnikidan qirq kungacha ovqat tashish odati hamon saqlanib qolayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.
“Oila davrasida” nashrida yozilishicha, ayrim oilalar mana shunday oldi-berdilar tufayli yuz ko‘rmas bo‘lib ketmoqda.
Tarixchi Dilshodbek Xudoynazarovning bildirishicha, bu odat dastavval kelin bo‘lib tushgan qiz yangi xonadonning osh-ovqatiga moslashishi uchun o‘ylab topilgan.
Qayd etilishicha, yangi kelindan qirq kun xabar olib ovqat tashish majburiy emas. Bu holatda ham dabdaba va isrofgarchilikdan saqlanish, mazkur odatni obro‘ga aylantirmaslik lozimligi tavsiya qilingan.