Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i qadoqlangan dovchalarni savdoga chiqardi. Bu haqda tarmoqning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
Xabar berishlaricha, 1 kilogramm dovcha 14 ming 490 so‘mdan sotilmoqda. Avvalroq, shahar dehqon bozorlarida ham o‘rikning g‘o‘rasi hisoblangan dovchalar savdosi boshlangani ma’lum bo‘lgandi.
Qayd etish joiz, mart oyining oxirida butun O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoning keskin sovishi natijasida, aksariyat mevalar qatori, o‘rik hosili ham 2015 yilda nisbatan kam bo‘lishi haqida taxminlar bor.