Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Ko`zlaringizga qarab, kimligingizni aytamiz!
 



Quyidagi testda berilgan 9 ta rasmni avval tepadan pastga, so`ng esa pastdan tepaga qarab ko`rib chiqing. Birinchi jalb qilgan «ko`z»ni tanlang, keyin sizga umuman yoqmagan suratning raqamini eslab qoling. Birinchi tanlov shaxsingiz haqida ma`lumot bersa, ikkinchisi hayotda qabul qilolmaydigan fe`l-atvor va fazilatlarni anqilashda yordam beradi. Tanlagan rasmlarni quyidagicha tahlil qilasiz.



1-ko`z: IShONUVChAN ShAXS

Siz insonlarni yurakdan sevasiz. Odamovi emassiz, tavakkal qilish, ko`ngilga yaqin insonlarning bevafoligini kechirish sizga xos odat. Havas qilishga arziydigan fazilatingiz bor: hech kimga qo`rqoq va qat`iyatsiz bo`lib ko`rinishni, atrofdagilarda shunday taassurot qoldirishni istamaysiz. Muammolaringizni faqat o`zingiz hal etishni ma`qul bilasiz.

2-ko`z: SINChKOV INSON

«Hato qilishga haqqim yo`q. Men barchada birdek yaxshi taassurot uyg`otishim kerak», deb hisoblaysiz. O`zingiz haqingizda juda yuqori fikrdasiz. Xuddiki maslahatingizsiz o`zgalarning ishi bitmaydigandek. Hayajonlanish, xafa bo`lish sizga butunlay yot, har holda bu holatingizni hech kim ko`rmagan.

3-ko`z: TAJRIBALI KIShI

Qayga bormang, kim bilan tanishmang, doim o`zligingizni hamda o`z dunyoingizni axtarasiz. Bu chalkash hayotda o`z o`rningizga ega bo`lishni istaysiz. Yomon xayollardan uzoq bo`lishga intilasiz. Bu boshingiz ko`p narsaning guvohi bo`lgan. Lekin har safar qoqilgach, o`rningizdan turishga harakat qilishingiz tahsinga sazovor.

4-ko`z: XAYoLPARAST INSON

Etti o`lchab, bir kesasiz. Xayolot olamiga bir sayr qilsangiz, u erdan qaytishingiz qiyin kechadi. Tavakkal qilishni istamaysiz. Hayotni katta boshqotirma deb bilasiz va uning har bir bo`lagini o`rganib chiqmagunga qadar tinchimaysiz.

5-ko`z: JUMBOQ ShAXS

O`zingiz uchun ham jumboqsiz. Sizni anglashni niyat qilganlarga esa omad tilashdan o`zga chora yo`q. Kayfiyatingiz tez-tez o`zgaradi. Yaqinlaringiz sizni tushunishlari qiyin, har bir daqiqada fikringiz o`zgarib qolish ehtimoli yuqori. Suhbatga kirishishdan avval qarshingizdagi insonni yaxshilab kuzatasiz. Ishonchingiz komil bo`lmagan narsalar haqida og`iz ochmaysiz.

6-ko`z: TA`SIRChAN KIShI

Juda e`tiborlisiz, hech narsa yodingizdan chiqmaydi. Kichik bir hodisa ham hislaringizni junbushga keltirishi hech gap emas. Kulgu va ko`z yoshingiz doim shay holatda bo`ladi. Biroq o`ta ta`sirchan ekaningiz hammaga oshkor bo`lishini istamaysiz. Atrofdagilarda jiddiy inson sifatida taassurot uyg`otishga harakat qilasiz.

7-ko`z: G`AYRATLI INSON

Shijoatingizni qaerga sarflashni bilmaysiz, qalbingiz sevgiga limmo-lim. Siz yoki sevasiz, yoki nafratlanasiz. His-tuyg`ular harakatlaringizni boshqarib turadi. Lov etib yonib, puf etib o`chadi degan ibora ayni siz haqingizda. Hayotingizdagi tashvishli hodisalarning aksariyatiga hislaringiz sababchi ekanligi haqida o`ylab ko`ring.

8-ko`z: G`AYRIODDIY ShAXS

Qarashlaringiz va qiziqishlaringiz hammaniki kabi emas. G`ayrioddiylik siz uchun odatiy hol. Qoidalarga bo`ysunishni istamaysiz. «Nima bo`lsa, bo`lar! Men o`z bilganimdan qolmayman», deb ishingizni bitirasiz. Sizni o`zgartirishga harakat qilganlarni mazax qilib, ularga aks javob qaytarasiz. Ko`rimsiz bo`lib qolishdan juda qo`rqasiz.

9-ko`z: SEZGIR ShAXS

Siz o`zgalarning qarashi va hatti-harakatini tushunish borasida ustasi farangsiz. Qarshingizdagi insonning nigohi va ovoziga qarab u haqida ma`lumot bera olasiz. Yolg`onni bir kilometr naridan sezasiz. Shuning uchun sizdan maslahat so`raganlar juda ko`p bo`ladi. Asl yuzingizni niqob ortiga yashirishda sizga teng keladigani yo`q!


Manba:Gooper.uz
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 10688 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ko'z, psixalogiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Angela Qiziq ekan :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное