Kuni kecha guruhlar o‘rtasidagi "DUEL” — jonli
ijro musobaqasi o‘tkazildi
Guruhlar uchun o‘ziga xos imtixon bo‘lgan bu tanlov
shahrimizning nufuzli restoranlaridan birida o‘tkazildi. Asli loyiha 13:00da boshlanishi
kerak edi, ammo yosh xonandalar uxlab qolganliklari sababli soat 15:00 da start
berildi. Yodingizda bo‘lsa, tanlov oldidan "Qaysi guruh loyihada ishtrok etishdan
bosh tortsa yoki kelmasa, mag‘lub ekanligini tan olgan hisoblanadi”, deyilgandi.
Va’da berib, biroq o‘sha kuniyoq "DUEL”dan bosh tortgan guruhlar: "UMMON”, "BENOM”,
"SAMRAS”, "ANHOR”. Loyihada "MARKA”, "BAYoN”, "MANGO”, "UZ DIYoR”, "SERENADA IJOD”,
"ATO” kabi guruhlar ishtirok etishdi. "ATO” guruhi solisti Shuhrat o‘z guruhi sha’nini
bir o‘zi himoya qildi. Gap shundaki, guruhning ikkinchi solisti to‘ydan keyin darhol
asal oyiga jo‘nab ketgan edi. Loyiha mehmonlari —"Grand” radiostansiyasi boshlovchisi
Ibrohim Ahmedov, "O‘zbegim taronasi” boshlovchisi Sabina, shoir Yakzon, rahmatli
Mo‘min Oripovning rafiqasi Kamolaxon va Sardor Rahimxon, Dilso‘z. Loyihani Sabina
ochiq deya e’lon qildi.
Tanlov sharti — ikkita bo‘lib, biri o‘z ijodidan, ikkinchisi
boshqa xonanda repertuaridan kuylab berishdan iborat edi.
"UZ DIYoR” guruhi faqatgina o‘z repertuaridagi qo‘shiqni
kuyladi.
"MANGO” guruhi "Gazli” qo‘shig‘ini ijro etdi.
"ATO” guruhi, ya’ni Shuhrat Tohir Sodiqovning mashxur
"Shamol” taronasi bilan boshladi. "SERENADA IJOD” nomli hech kimga tanish bo‘lmagan
guruh barchani lol qoldirdi.
"MARKA” guruhi Lionel Richie ijrosidagi "How Long”
taronasini ijro etdi.
So‘nggi ishtirokchi "BAYoN” guruhi bo‘lib, "Ledi dojdya”
qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi.
Loyihaning videosini newstar.uz sayti orqali ko‘rib,
baho berishingiz mumkin. Voqealar rivojini kuzatib boring.