Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Osiyo-Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Klon-soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Karimovning nabiralari o‘rtasidagi rishtalar 11 yil o‘tib tiklandi

Kecha, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabiralari – Lola Karimova-Tillyayevaning qizi Maryam, Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon Buyuk Britaniya poytaxti Londonda uchrashdi. Bu haqda so‘ngi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan va bloger sifatida e’tirof etilayotgan Maryam Tillyayeva o‘zining sahifalarida ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, xolavachchasi Islom Karimov bilan 2011 yildan buyon ilk bor ko‘rishgan.

“Men qanchalar ahmoqman-a? Menda qanchalik ahmoqona qarashlar bor edi? Men katta vaqtni boy berdim. Men endi o‘zim uchun o‘zim fikrlayman. Oila yoki jamiyatning qarashlariga ko‘ra ish tutmayman. Mening xolavachcham yaqinda 30 yoshni qarshi oladi, biz 2011 yildan beri u bilan gaplashmasdik. Hayotimizdagi har bir soniya bebaho, vaqtni boy bermang. Bu qanchalik g‘alati eshitilsada, yaqinlaringizni quching va o‘ping”, deydi u.
 

Keyinroq, Maryam Islom va Imon bilan tushgan suratini ilova qilib, xolavachchalarini “do‘mboqvoylarim” deb atagan va ular bilan oxirigacha birga bo‘lishini aytgan.

“Islomka, Imashka, men sizlarni juda, juda, juda sevaman. Men sizlar bilan oxirigacha birga bo‘laman. Iltimos, mening yoshlikdagi ko‘plab ahmoqliklarimni kechiringlar. Axir aytishadi-ku, biz oilani tanlolmaymiz, lekin farzandlarimiz farovonligi uchun uni qabul qilamiz. Biz ota-onalarimizdek yo‘l tutmaymiz, bizning o‘z hayot yo‘limiz bor. Endi biz birga o‘sib-ulg‘ayamiz va bordi-keldi qilamiz, deb umid qilaman. Men sizlarni sevaman, do‘mboqvoylarim”, deydi u.

Islom Karimovning uch nafar nabirasi birgalikda tushgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortmay qolmadi va yuzlab izohlar yozib qoldirildi. Ayrim izohlarga Birinchi Prezidentning nabiralari javob qaytargan.

Jumladan, foydalanuvchilardan biri Maryamga, “Londonga ko‘chib o‘tdingizmi?”, degan savol bilan yuzlangan. Maryam esa to‘yga kelganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida, Maryam Tillyayeva xolavachchasi Imon Karimova bilan 8 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor ko‘rishganini aytgan edi.



So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimova Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli jazoni o‘tash koloniyasida saqlanmoqda. U koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni olib kelingan va 7-otryadning 2-sektoriga (umumiy rejimdagi) joylashtirilgan.

2020 yilning 18 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. 

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilandi.

2016 yildan keyin Lola Karimova turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tdi. U AQSHdan turib “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi va Islom Karimov nomidagi Respublika jamoat fondini yuritmoqda. Shuningdek, “The harmonist” attorlik mollari brendiga ham asos solgan.

Joriy yilning yanvar oyida Maryam Tillyayeva onasi Lola Karimova-Tillyayeva unga Gulnora Karimovaning oilasi bilan muloqot qilishni taqiqlaganini aytgan edi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1262 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 11 yil, tiklandi, o‘rtasidagi, o‘tib, nabiralari, Karimov, Rishtalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное