Xonanda Kamilla va uning Pomidor entertainment jamoasi ertaknamo ijod mahsulini tayyorladi. Qiziq, bu ijod mahsuli ertaknamo bo‘lsa, bolalar uchunmikan? Yo‘q, ertaklar faqat bolalar uchun, desangiz adashasiz…
Gap shundaki, 14-fevral kuni premyera qilingan va ko‘plab radiotinglovchilarning sevimli taronasiga aylangan “Dejavyu” qo‘shig‘iga klip ishlandi. Klip bir necha kunlardan so‘ng tinglovchilar e’tiboriga havola etiladi. Hozir esa xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida klip tizeri bilan bo‘lishdi.