Rossiyaga ketaman.. Ko'ngil vayron bo'lsa ham, O'zimni shod etaman. Biletga pul topolsam, Rossiyaga ketaman. Foyda yöq bu yotishdan, Bir olib o'n sotishdan. To'ydim ketmon chopishdan, Rossiyaga ketaman. Bir tarafda bolalar, Ulg'ayar ko'z qoralar. Oqarmasdan tolalar, Rossiyaga ketaman. Kam-ko'sting hech to'lmaskan, Pulsiz yashab bo'lmaskan. O'ylab ham o'tirmasdan, Rossiyaga ketaman. Xolim ko'rib yig'lar oy, Ko'ngli yarim yo'q menday. Yangangizga bildirmay, Rossiyaga ketaman. Halol bo'lsa ishimiz, Biz murodga yetamiz. Keling döstim ikkimiz, Rossiyaga ketamiz.