Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"Jigi-jigi"si nimasi endi, Nazarbekov?

Ozodbekdan sado chiqdi: “Jigi-jigi”! Siz ham eshitdingizmi?
“Lola”dan beri biron qo‘shig‘i ommalashmagan xalq artistining yangi taronasi bazm-u jamshidlarning bosh qo‘shig‘iga aylansa, ajabmas. Qo‘shiq so‘zlaridan Lutfiyning ijodiga murojaat qilinganligini angladik. Ammo, uning naqoratidagi ajoyib so‘zning ketma-ket takrorlanishi tinglovchi xotirasida qolish uchun bir “hiyla”dek go‘yo! Ozodbekning aksariyat hamkasblaridan ajraladigan jihati qo‘shiq so‘zlariga teran e’tiboridir. Balki, shu boisdan san’at olimpidagi o‘rnini hech kimga bermay kelayotir. Hozirgi kunda omma qalbiga yo‘l topish ham oson emas. Tildan-tilga tushadigan hammabop qo‘shiq yaratmasang, reyting qurg‘ur ham pastlab ketadi. Hali xitlar yaratishda yetakchi ekanligini isbot etish uchun xonanda “jigi-jigi” so‘zini qo‘shiqning “bosh nuqta”siga aylantirgandir?!
Alisher Navoiy Mavlono Lutfiy haqida “Majolisun nafois” asarida shunday deydi:
“Mavlono Lutfiy o‘z zamonining malikul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi. Ammo turkiyda shuhrati ko‘prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdur va mutaazzirul javob matla’lari bor, ul jumladin biri budurkim:
Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gisuyi,
Uz haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi.
Yana biri bukim:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochtin,
Soldi kamand bo‘ynuma ikki qulochtin.
Va Mavlononing «Zafarnoma» tarjimasida o‘n ming baytdin ortuqroq masnaviysi bor, bayozg‘a yozmag‘on uchun, shuhrat tutmadi va lekin forsiyda qasidago‘y ustodlardin ko‘pining mushkul she’rlarig‘a javob aytibdur va yaxshi aytibdur”.
Lutfiy g‘azalnavis sifatida Sharq adabiyotida muhim ahamiyat kasb etgan adabiy-estetik an’analar bilan xalq og‘zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini yuksak mahorat ila uyg‘unlashtirgan. (Agar shu fikrga tayansak, demak, uning ijodida “jigi-jigi” degan “o‘ynoqi” so‘zga ham o‘rin ajratilgan!?) Ozodbek Lutfiyni kuyga solgani tahsinga loyiq. Biroq, qo‘shiqda tinmay “jigi-jigi”lashi sal me’riyodan oshmaganmikan?!
99 yil yashagan orif, mutafakkir Lutfiy hayotlik chog‘ida “Jigi-jigi”ni tinglab, qanday baho bergan bo‘lur edi? Bu savol utopik bo‘lib qolajak. Biroq, bu yangi tarona yangi zamon tinglovchilarini qanchalar hayratlana olarkin?
Jasur HAMROYEV  
P.S.: Kamina Lutfiy g‘azallarini mutolaa qilib, “jigi-jigi”ni uchratmadim. Ozodbek esa ancha qunt qilgan ko‘rinadi. Lutfiyning “Jigi-jigi” nomli g‘azalini topgan yo xalq og‘zaki ijodiga doxil shu so‘zdan juda ilhomlanib, Lutfiy g‘azaliga “qorishtirgan”!?   


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7059 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ozodbek Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sanobar Uncha yaxwi chiqmapti. Yangi qöwiqlarni kutib qolamiz ijodiga omad!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное