Jeyms Kemeron o‘z uslubidan og‘ishmagan holda, muxlislarini xursand etib, “Avatar 2” filmida ham yangidan-yangi g‘aroyibotlar namoyish etish niyatida, deb yozmoqda Rusjev.net nashri.
«Birinchi filmdan o‘zim uchun olgan sabog‘im shu bo‘ldiki, kartina qanchalik ta’sirli bo‘lsa, texnologik chegara qanchalik kengaysa, oddiy insoniy munosabatlar, his-tuyg‘ular, samimiylikning qadri ko‘tarilib boraverar ekan. Mana shu jihatlar filmning davomidir”, – deydi rejissyor.
«Avatar 2″ tomoshabinlarga 2020 yilning 18 yanvaridan boshlab namoyish etila boshlaydi. Kartina allaqachon suratga olish jarayonida. Bu safar Jeyk Salli (Sem Uortington)ning yonida eski va yangi do‘stlari bo‘ladi: Keyt Uinslet, Zoi Soldana, Sigurni Uiver, Una Chaplin, Jovanni Ribizi, Stiven Leng, Kliff Kertis i boshqalar.