«Avatar-2» filmini suratga olish ishlari aprel oyida boshlanadi
Jeyms Kemeron rejissyorligidagi «Avatar» filmining davomini suratga olish ishlari 2016 yilning aprel oyiga belgilangan. Bu haqda What Culture xabar bergan.
Suratga olish ishlari Yangi Zelandiyada olib boriladi.
Nashrning yozishicha, film 2018 yilda ya’ni birinchi qism namoyishidan 9 yil o‘tib, katta ekranlarga chiqadi.
Bundan oldinroq, kartinaning davomini suratga olish ishlari ikkinchi marta noma’lum muddatga surilgani haqida xabar berilgandi.
«Avatar» filmining dastlabki qismi 2009 yilda ekranlarga chiqarilgan va kino tarixidagi eng kassabop filmga aylangandi. Keyinchalik Kemeron mazkur kartinaning uchta davomini suratga olishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, uchinchi va to‘rtinchi qismlar 2018 va 2019 yillardagi bayram arafasida chiqishi rejalashtirilgandi.