Immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan 3 tavsiya
Shunchaki istak yoki faqat vitamin iste’mol qilishning o‘zi bilan immunitet ko‘tarilib qolmaydi. Immun tizimining mustahkam bo‘lishi uchun iste’mol qilinadigan mahsulotlarga e’tibor bergan holda quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish tavsiya qilinadi. Sog‘lom uyqu Tiniqib uxlashning immunitet va inson kayfiyatiga ham ta’siri bor. Sutkalik norma 7 soatlik uyqu hisoblanadi va 6 soatdan kam uxlagan va uyquga to‘ymagan insonda turli virus xususan koronavirus yuqtirib olish ehtimoli 4 karra ko‘p bo‘lishi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra aniqlangan. Sog‘lom uyqu davomida organizmda qayta tiklanish jarayoni yuz beradi va shu sabab ham quyidagilarga amal qilish tavsiya qilinadi: Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turish; Toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish; Magniyga boy — ismaloq, dukkakli mahsulotlar va yong‘oq iste’mol qilish; Uxlashdan bir soat oldin telefonlarni o‘chirib qo‘yish. Ruhiyat ustida ishlash Stress natijasida organizmda immun himoyasining susayishiga sabab bo‘ladigan kortizol gormoni ajralib chiqadi. Yoqimsiz voqea hodisalardan qochib bo‘lmasligi mumkin, lekin siz unday vaziyatga nisbatan munosabatingizni o‘zgartirishga va nazorat qila olishga qodir ekaningizni unutmang. Shuningdek mutaxassislar tomonidan quyidagi texnikalar ham tavsiya qilinadi: Kuniga kamida uch marta yoqimli onlarni his qilish; Negativ xayolga berilmaslik uchun nima qilish mumkinligiga diqqatni qaratish; Odamlardan iloji boricha sir saqlamaslik (sir saqlash ham ruhan charchatadi odamni); Hozir bilan yashash va o‘xshamagan narsalar haqida qayg‘urmaslik. Jismoniy mashqlar Sport bilan shug‘ullanish natijasida immun tizimi mustahkamlanishi allaqachon aniqlangan. Buning uchun esa olimpiyada chempioni bo‘lish shart emas, kundalik mashqlarni kam-kamdan bajarish kifoya. Masalan, shunchaki toza havoda yarim soat davomida ko‘cha kezish ham salomatlik uchun foyda keltiradi. Iloji boricha harakatdan to‘xtab qolmaslik, salomatlik va kayfiyat umrning qanday o‘tishida ahamiyatli ekanini unutmaslik kerak.