IIBda Munisa Rizayeva va boshqa shou-biznes vakillari
Ayni damda tuman IIBsida Munisa Rizayevadan tortib Afruz guruxiyu yana shou-biznes olamidan qator odamlar jabrlanuvchi sifatida sarsongarchilikni boshidan o‘tkazmoqda.
Sayyod nashrining habariga ko'ra Munisa Rizayevaning ma’muri Jaxongir bir necha odamlarni katta pulga chuv tushirib o‘zi Qozog‘istonga qochib ketganlikda gumonlanmoqda. Xammadan xam Munisa Rizayevani o‘zi xam undan jabr ko‘rib, judayam katta pulga tushganini xabar qilishmoqda. Tergov ishlari boshlang‘ich jarayonida bo‘lgani bois summa va qaysi tuman IIBsida ekanligini ayta olmaymiz. Shuningdek Jaxongirni gumonlanuvchi va ayblanuvchi sifatida ta’kidlashimiz xam noo‘rin va bu xabarni rasmiy deb qabul qilmaslik maqsadga muvofiq! Biz shunchaki shou-biznes vakillari bilan bog‘liq ayni damda kechayotgan voqealar xaqida xabar bermoqdamiz. Ish yuzasidan kimdir gumonlanuvchi, ayblanuvchi va jabrlanuvchi sifatida jalb qilish xaqidagi qarorlar chiqqanidan keyingina rasman ma’lumot berilishi mumkin. Qizig‘i Munisani bu mavsumdagi qator to‘ylariga xam pullarni oldindan Jaxongir olgan deyishmoqda va shu bois Munisa u to‘ylarni endi xammasida tekinga ishlab berishi mumkinligi xaqida xam xabar mavjud.
Munisaga chin dildan achindim ...Jaxongirni okasidek ko‘rib unga o‘zidan ortiq ishonardi. Jaxongirdan esa ochig‘i kutmagandim. Jaxongirni xayotida eng og‘ir paytlarida turib bergan xam Munis bo‘lib, sog‘lig‘i judayam jiddiy xavf ostida bo‘lganida xam Munis yordami beqiyos bo‘lganidan xabarim bor. Shu sabab xam ishona olmayapman ochig‘i... Munisni ijodiy va umuman xayotidagi eng muxim paytda, ilk konserti oldidan bunday zarba ochig‘i judayam kuchli va kutilmagan... Munisga katta kuch, sabr va o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikni tilayman. Nima bo‘lsa xam konsertini yaxshi o‘tkazib olsin.... Xaliyam kech emas, kamida ko‘r bo‘ladi agar shu ishni rosti qilgan bo‘lsa, xato va tushunmovchilik bo‘lishini judayam istaymiz. Jaxongir, xato qilmang! Ortga qayting xaliyam bo‘lsa!