Har oyning ikkinchi juma kunida to‘ylarda bepul xizmat qilaman
Yosh xonanda Dilayruz Hayitmetova xayrli ishga qo‘l urganini ma’lum qildi. “Bu loyihani piar yoki mashhurlikka intilish yo‘lida amalga oshirmayapman. Niyatim holis, bugundan boshlab har oyning ikkinchi juma kunida o‘zbekistonning qaysi tuman yoki qishlog‘ida bo‘ladigan to‘ydan qat’iy nazar, kam ta’minlangan oilalarning to‘ylarida bepul xizmat qilaman! Buni xalqqa yetkazishda amaliy ko‘mak berishingizni so‘rayman”
Yosh ijodkorning san’atiga befarq bo‘lmagan va iqtisodiy jihatdan ko‘makka bo‘lgan insonlar agar quvonchli kuningiz oyning ikkinchi umasiga to‘g‘ri kelsa, bemalol xonandaning ish yurituvchilari bilan bog‘laning! Dilafruz Hayitmetova O‘zbekistonning qaysi hududida bo‘lishingizdan qat’iy nazar to‘yingizning mehmoniga aylanadi.
Murojaat uchun telefonlar: (98) 125-00-52, (90) 953-08-03
(Faqat iltimos, kimningdir xayrli ishiga halal berib, o‘zingizning ham o‘zganing ham vaqtini olmang!)