15—21 oktabr, 2018 yil
Hamal
Hafta davomida barcha ishlaringiz yengil ko‘chadi. O‘zingizga ham, atrofingizdagilarga ham juda katta talablar qo‘ymang. Agar shunday qilsangiz, yolg‘iz o‘zingiz qolib qiynalishingiz mumkin. Rejalashtirgan ishlaringizni imkon qadar vaqtida bajarishga harakat qiling. Hafta davomida birovlarga qarz bermang ham, olmang ham.
Savr
Bu hafta yaxshi xushxabarlar kutmoqda. O‘zgarishlarga tayyor turing. Hech ikkilanmay yangiliklarga qo‘l uravering. Chunki omad siz tomonda! Ko‘pdan beri rejalashtirib qo‘ygan ishlaringizni amalga oshirish vaqti keldi. Ayni dam buning uchun qulay fursatdir. Uy jihozlarini xarid qilish borasida omadli xaridlar kutyapti.
Javzo
Butun vujudingiz bilan ishga sho‘ng‘iysiz. Uzoq vaqtdan beri rejalashtirib qo‘ygan g‘oyalaringizni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz. Faqat moliyaviy muammolarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Buni hal etishda shoshilmaslikni maslahat beramiz. Aks holda osongina aldanib qolishingiz mumkin. Yaxshisi, yaqinlaringiz va do‘stlardan ko‘mak so‘rang. Ular sizni jon deb qo‘llab-quvvatlashadi.
Saraton
Har bir ishni namunali bajarishga harakat qilasiz. Bu xislatingiz, albatta, tahsinga sazovor. Harakatni bir muddat bo‘lsa-da, susaytirmang. Bo‘layotgan o‘zgarishlar sabab muammolarga duch kelishingiz mumkin. Buni o‘ylab, hech ham xavotirlanmang. Chunki siz ularni muvaffaqiyat bilan yenga olasiz. Faqat o‘z kuchingizga ishoning. Ana shunda omad siz tomonda bo‘ladi.
Asad
Asosiy vaqtingizni shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlaysiz. Muhim ishlarni hal etishga kirishasiz. Faqat ortiqcha hus-tuyg‘ularga berilmang. Ya’ni aql bilan ish tuting. Barcha yoqimsiz xotiralarni unuting. Shundagina har bir ishni uddalaysiz. Agar masalaning yechimini topishga qiynalsangiz, yaqinlaringizdan maslahat so‘rang. Ularning ko‘magi bilan osongina yechim topasiz.
Sunbula
Hafta siz uchun go‘zal taassurotlarga boy bo‘ladi. Boshlab qo‘ygan ishlaringizni omadli yakunlaysiz. Hozir xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun qulay fursat. Bu borada ham jiddiy o‘ylab ko‘ring. Boshliqlaringiz sizga nisbatan ijobiy munosabat bildirishadi. Ularning taklifini rad etmang. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qiling. Bundan barcha yaqinlaringiz xursand bo‘lishadi.
Mezon
Hayotingizda o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor. Ularning oldini olishga harakat qiling. Aks holda, murakkab vaziyatlarga duch kelasiz. Muhimi, hech bir masalaga bee’tibor bo‘lmang. Agar shunday yo‘l tutsangiz, omad sizdan yuz o‘girishi mumkin. Bilim va tajribangizni ishga solsangiz barchasiga osongina yechim topasiz. Demak, faqat o‘zingizga ishonishingiz va olg‘a harakat qilishingiz kerak.
Aqrab
Birozgina e’tiborsiz bo‘lishga harakat qiling. Har bir narsaga ahamiyat berib, o‘zingizni qiynamang. Oldinda sizni qancha ishlar kutib turibdi. Shularni navbati bilan bajarishga kirishing. Yon-atrofingizda qo‘llovchi mehribonlaringiz bor. Ular sizni yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Shunday ekan, tushkunlikka berilmasdan, yaqinlaringiz mehridan kuch olib, faol harakatga kirishing.
Qavs
O‘zgalarning tashvishini o‘ylab qayg‘urmang. Hozir buning fursati emas. Axir, o‘zingizning ham muammolaringiz yetarli: ish, oila, farzandlar. Qo‘lni qovushtirib o‘tirmasdan ularni bartaraf etishga kirishing. Aks holda bu tashvishlar tugamaydi. O‘zingiz harakat qilmasangiz, birov kelib ishingizni hal etib bermaydi. Hafta so‘ngida miriqib hordiq chiqarishga vaqt toping.
Jadiy
Asosiy vaqtingizni foydali yumushlarga sarf eting. Moliyaviy masalalar bilan bog‘liq yumushlaringiz o‘zingiz o‘ylaganchalik oson hal bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir ishda hushyor bo‘ling. Agar pulingiz yetmay qolsa, mag‘rurlikni chetga suring-da, qarz so‘rang. Ayni dam ishingiz bitishini o‘ylang. Hafta so‘ngida uzoq safarga chiqishingiz ehtimoli bor. Balki oilangizni ham o‘zingiz bilan olib ketarsiz.
Dalv
Kutilmagan xarajatlar chiqishi mumkin. Bu oilaviy buyudjetingizga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Belni mahkam bog‘lab, ishingizda davom eting. Shaxsiy hayotingizda esa faqat quvonchli onlar kutmoqda. Bir umr esda qoladigan unutilmas damlarning guvohi bo‘lasiz. Oilangiz barcha istaklaringizni bajarishga tayyor. Ularga rahmat aytishni unutmang.
Hut
Siz kutmagan voqea-hodisalar sodir bo‘ladi. O‘zingizni oldindan bunga tayyorlab boring. Shunda ishlaringizni osongina hal etasiz. Lekin ishda biroz muammoli vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Ulardan uzoqroq bo‘lishni maslahat beramiz. Ishda ham, shaxsiy hayotingizda ham tajribali odamlarning maslahatlariga amal qiling. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.