Hamal
Hafta boshida burj vakillari kuch-quvvatga to‘lib, barcha ishlarda mas’uliyatni bo‘yniga olishga shoshadilar. Munajjimlar har narsada me’yorni bilishga chaqirishmoqda. Aks holda qarama-qarshiliklarga uchrashingiz mumkin. Yaxshisi, quvvatingizni ko‘proq yon-atrofingizdagilar bilan muloqot qilishga, sayohatlarga, dunyoqarashingizni oshirishga qarating. Shuningdek, yaqinlaringiz va qo‘shnilaringiz bilan aloqalaringizni yanada mustahkamlashga imkon bo‘ladi.
Savr
Miriqib hordiq chiqarish uchun sizga tinch va osuda muhit kerak bo‘ladi. Ko‘proq ichki ovozingizga quloq soling. Hafta davomida o‘z ustingizda ishlashga, ruhiy holatingizni yaxshilashga qulay fursat bo‘ladi. Shuningdek, bir qancha foydali xaridlar, yangi bilimlar va tanishuvlar ham kutmoqda. Biroq hafta oxirida yolg‘iz qolish istagi tug‘ilishi mumkin.
Javzo
Kutilmagan voqealardan ruhan ta’sirlanish ehtimoli katta. Hatti-harakatlaringizda, gap-so‘zlaringizda ehtiyotkor bo‘ling. Yana bir narsaga e’tibor qiling: pul mablag‘larini o‘tkazish, qarz olish yoki qarz to‘lash bilan bog‘liq masalalarda. Bo‘lmasa mablag‘ yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun barcha moliyaviy savollarni shaxsan o‘zingiz nazorat qiling. Fe’lingizdagi optimistlik qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi.
Saraton
Astrologlar oldingizga katta maqsadlarni qo‘yishdan qo‘rqmaslikka va olg‘a intilishga chaqirmoqda. Albatta, yo‘lda uchraydigan to‘siqlar, qiyinchiliklarni ham hisobga olish kerak. Maqsadlar yo‘lida sizga bir mansabdor kishi yordam berish ehtimoli yo‘q emas. Dam olish kunlaringizni oila a’zolaringiz bilan o‘tkazasiz va bu sizga keyingi rejalaringizda katta foyda beradi.
Asad
Burj vakillarini omadli hafta kutmoqda, deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirasiz, ular bilan do‘stlik rishtalarini bog‘laysiz. Kelajakka optimist nigohi bilan boqing, shunda orzularingiz birinma-ketin ro‘ybga chiqa boshlaydi. Uzoq kelajak uchun ham maqsadlar qo‘yavering. Hafta so‘nggida sog‘ligingiz biroz bezovta qilishi mumkin, lekin unga e’tiborli bo‘lib, davolash muolajalarini vaqtida bajarsangiz, ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz.
Sunbula
Asosiy ish joyingizda o‘zgarishlar kutilmoqda. Bundan aslo qo‘rqmang. Kareradagi har bir o‘zgarishlar natijasi ahvolingizni faqat yaxshilashgagina xizmat qiladi. Yangi ish qidirishingiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Hafta mobaynida shaxsiy hayotda bo‘layotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun imkon bo‘ladi. Anchadan buyon munosabatlardan ko‘ngli to‘lmayotgan juftliklar o‘rtadagi “to‘siq”larni olib tashlashga qaror qilishadi. Tashqi ko‘rinishingizni yanada yaxshilang, go‘zalligingizga go‘zallik qo‘shing.
Mezon
“Mezon”lar uchun ushbu hafta yangi bilimlar, yangi o‘rganishlar haftasidir. Buning uchun sayohatga otlanish, boshqa xalqlarning o‘ziga xosliklarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishingiz ortadi. Moliyaviy jihatdan qurbingiz yetsa, oz tmuddatga bo‘lsa-da sayohatga boring. Bundan faqatgina yorqin taassurotlarga ega bo‘lasiz. Oila a’zolaringiz bilan qarama-qarshi munosabatlarga borib qolmang. Vaqt hammasini o‘z o‘rniga qo‘yib qo‘yadi.
Aqrab
Hafta mobaynida sizni ikki savol o‘ylantiradi: sog‘liq va uydagi tartib. Avvaliga ular o‘zaro bir-biriga bog‘liq deb o‘ylaysiz. Uyda va ishda qanchalik tartib bo‘lsa, ahvolingiz ham shunchalik yaxshi bo‘lishiga ishonasiz. Yoki aksincha, ishda va uyda tartibsizlik bo‘lsa, bu sizning kuch-quvvatingizga salbiy ta’sir qilishini tuyasiz. Eng yaxshisi, avval uyingizda “katta hashar” qilib oling, eski, kerakmas buyumlardan xalos bo‘ling.
Qavs
Moliyaviy masalalarni muhokama qilishdan, katta xaridlardan o‘zingizni uzoqroq tutish tavsiya etiladi. Haftaning ikkinchi yarmida yangi ish izlash va karerada olg‘a siljish borasida muvaffaqiyatlar kutilmoqda. Oila qurmaganlarga uzoq kutgan onlar “eshik qoqishi”, oilalilarda esa munosabatlar mustahkamlanishi mumkin. Natijada shaxsiy hayotga yangicha nigoh bilan qaraysiz va avval payqamagan yoqimli lahzalarni endi ko‘proq his qilasiz.
Jadiy
Ushbu haftada ichki xotirjamlik hamrohingiz bo‘ladi. Immunitetingiz sezilarli mustahkamlanganidan surunkali kasalliklar ham ortga chekina boshlaydi. Sog‘liqqa e’tiborli bo‘lishda, parhez tutishda davom eting. Hafta o‘rtalarida uy hayvonlariga bo‘lgan qiziqishingiz ortib, uyingizga biror jonivorni olib kelish istagi tug‘ilishi mumkin. Oila a’zolaringiz bilan munosabatlarda bosiqlik va muloyimlik tavsiya etiladi.
Dalv
Burj vakillari ko‘proq do‘stlar, yaqinlar, tanishlar, qo‘shnilar bilan muloqotda bo‘ladi. Agar so‘nggi vaqtlarda ishga “sho‘ng‘ib”, hech kim bilan muloqot qilmay qolgan bo‘lsangiz, endi aksincha yo‘l tutishga qiziqishingiz ortadi. Suhbatlar siz uchun maroqli bo‘ladi, o‘zaro axborot almashinasiz, bundan ko‘nglingiz to‘ladi. Shuningdek, do‘stlaringiz davrasi yanada kengayadi. Hali oila qurmagan “Dalv”lar ko‘ngliga yaqin insonlar bilan tanishishi mumkin.
Hut
Astrologlar xonadoningizda obodonchilik ishlari bilan faol shug‘ullanishingizni maslahat berishmoqda. Ehtimol, uyingizga zarur maishiy texnika yoki mebel sotib olarsiz. Uy muhitini yanada yaxshilashga, qulay qilishga harakat qiling. Bu haftada oilangiz, yaqinlaringiz bilan ham munosabatlaringiz ko‘ngildagidek bo‘ladi. Hashar ishlarini ular bilan birgalikda ahillikda amalga oshirasiz. Shu ahillikni saqlab qoling.