Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Klon-soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. TisMarHan-soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Hafta davomida sizni nima kutmoqda (12-18 fevral)?


Hamal

Mazkur haftada juftingiz bilan o‘zaro bir-biringizni tushunish va munosabatlaringizni yanada yaxshilash yo‘llarini izlashingizga to‘g‘ri keladi. Haftaning birinchi yarmida shu ish bilan mashg‘ul bo‘lsangiz ayni muddao. Juftingizni quvontiradigan sovg‘alar xarid qilishingiz yoki kechki taomni ikkalangizga ham yoqadigan restoranda tanovul qilshingiz mumkin.Ishxonada esa omad siz tomonda. Rahbariyatning sizga bo‘lgan ishonchi ortadi.

Savr

Oilangizdagi kattalar bilan munosabatlarda burchakka turadigan vaziyatlar yuz berishi mumkin. Shuning uchun izzatingizni bilib, ularning ham hurmatini qiling. Hozir o‘tgan gap-so‘zlarni hisob-kitob qiladigan vaqt emas. Moddiy masalalar deb yaqinlaringiz bilan tortishmang.Boshi ochiq burj vakillarining aynan shunday yig‘inlarda baxti kulib qolishi mumkin.

Javzo

Ko‘pchilik bilan muloqat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ish va shaxsiy masalalar bo‘yicha sizni suhbatlar kutmoqda. Albatta o‘ylab gapirsangiz, hammasi silliq kechadi. Hushyor bo‘lishingiz ham lozim. Ishlaringiz ko‘paygani sabab yugur-yugurlar orasida nimanidir qaerdadir unutib qoldirishingiz ehtimoli ham bor. Hafta o‘rtasida moddiy masalalaringiz juda chiroyli yechim topadi. Kutilmagan daromadingizni salomatlingizni tiklashga sarflasangiz, yaxshi bo‘lardi.

Saraton

Pul bilan bog‘liq muammolar oldingizga ko‘ndalang turishi mumkin. Sababi siz kutgandek daromad ko‘rmaysiz ko‘zlaganlaringizdan. Shu sabab ham rejalashtirgan xaridlaringizni biroz keyinroqa surib turganingiz ma’qul. Pulingizni tejab ishlatsangiz, hammasi joyiga tushib ketadi. Dam olish kunlari kayfiyatingiz ko‘tariladi. Yaqinlaringizning mehr-muhabbatini qadrlang. Pul topiladigan narsa, uni deb doim tushkun kayfiyatda yurish yaramaydi.

Asad

Hozir shunday kayfiyatdasizki, atrofingizdagilar bilan munosabatlarni ko‘zdan kechirayapsiz. Ular bilan o‘rnatgan rishtalaringiz haqda bosh qotirasiz. Bunday vaziyatda qaltis so‘zlarni tilga olishdan ehtiyot bo‘ling. Munosabatlarga putu yetib qolishi mumkin. Ish borasida esa yangi loyihaga qo‘l urasiz. Shunday ekan, boshqalarning siz haqingizdagi fikrlariga vaqt sarflamasdan, o‘z ishingizni yo‘lga qo‘yasiz. Natijada yaxshigina daromad ham ko‘rasiz.

Sunbula

Hafta avvalida o‘zingizni yolg‘iz his qilasiz. Iloji boricha yolg‘iz qolmaslikka harakat qiling. Bo‘lmasa yomon xotiralarga berilib battar tushkunlikka tushasiz. Yaxshisi, ko‘pchilik bilan muloqat qilishga urining. Yangi tanishlar orttirish imkoni tug‘ilishi mumkin. Samimiy suhbatlar ko‘nglingizni ko‘taradi. Yuzingiz kulib tursa, yaxshi insonlar sizning suhbatingizga shoshiladi. Hafta yakunida madaniy hordiq chiqarishni tavsiya etamiz.

Mezon

Do‘stlaringiz bilan munosabatlarda tushunmovchiliklar yuz berishi mumkn. Hissiyotga berilmasdan bosiqlik bilan muomala qiling. Shovqin-suronlardan uzoqroq yuring. Iloji boricha o‘z ustnigizda ishlang. Ayniqsa mutaxassisligingiz bo‘yicha. Chunki hafta yakunida yaxshiga taklif bo‘lishi kutilmoqda. Bu jamoada obro‘ngiz va mansabingiz oshishiga ham xizmat qiladi. Agar salomatligingizda biror muammo kuzatilsa, shifokorga uchrashishni orqaga surmang.

Aqrab

Hayotingizda muhim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Birnichidan, ishingiz yangi topshiriq olasiz, uning uddasidan chiqsangiz, mukofotlanishingiz, munosib taqdirlanishingiz mumkin. Ikkinchidan, oila a’zolaringiz bilan ko‘pdan buyon kutayotgan rejalaringiz amalga oshadi. Bunda ularning qo‘llab-quvvatlovi sizga asqatadi. Faqat ish va shaxsiy hayotga birdek vaqt ajarata olsangiz, ikki tomonda ham omadingiz kuladi.

Qavs

Siz sayohatga chiqshingiz kerak. Yoki ko‘pdan buyon bormagan manzillaringizga boring. Yo‘lda sizni qiynayotgan savollar borasida yaxshilab mulohaza qilib olishingiz mumkin. Talabalar yoki ota-onalar o‘quv ishlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilib olishlari kerak. Yil boshida ta’lim olishga e’tiborni kuchaytirish talab etiladi. Sizning o‘zingizni baxtli his qilishingizga nimalar xalaqit qilayapti, ulardan xalos bo‘lishga urina boshlaysiz.

Jadiy

O‘zingizni, salomatlingizni, hamyoningizni himoya qiling. Mavsumiy kasalliklarga chalinmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘ring. Pulni behudaga sarflamang. Ortiqcha gap-so‘zlarga bosh qo‘shmang. Shunda xotirjam bo‘lasiz. Oilali burj vakillariga umr yo‘ldoshidan mehrini qizg‘anmaslikni tavsiya etamiz. Balkim birga sayrga chiqarsizlar, chiroyli manazarali joylarni tomosha qilarsizlar. Hujjatlar bilan bog‘liq savollarga haftaning o‘rtasida oydinlik kiritib oling.

Dalv

Rahbariyat yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘rtangizda gap qochib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda ko‘p ham asabiylashmasdan, ikkinchi tomondan xato izlamasdan, sal kengroq bo‘ling. Iloji boricha o‘zingizni qo‘lga oling. Uzr so‘rashingiz talab etilsa, ko‘p ham buni ortga surmang. Kuz avvalida immunetetingizni mustahkamlasangiz, ko‘p kasalliklardan himoyalanasiz.Dangasalik qilmasdan, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga qunt qiling.

Hut

Salomatligingiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bunga ovqatlanish tartibingiz buzilgani sabab bo‘ladi. Taomnomangizdan yarim tayyor mahsulotlarin cheklang. Iloji boricha tabiiy, vitaminga boy ne’matlardan bahramand bo‘ling. Hamkabslar bilan xushmuomala bo‘ling. Turmush qurish arafasidagi burj vakillari ayni paytda muhim qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Kattalarning fikriga ham quloq soling.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5906 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munajjimlar bashorati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное