Gulsanam Mamazoitova o‘zini dunyodagi eng baxtli san’atkor deb atadi
Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan o‘zbek shou-biznesining taniqli ijodkorlari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga bolalikdagi suratlarini joylab, barcha bolalarni bayram bilan tabriklashmoqda. Bu kunni mehribonlik uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari va istirohat bog‘larida nishonlayotgan, bolalar quvonchiga sherik bo‘layotgan san’atkorlar ham yo‘q emas.
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga o‘g‘li va qizining suratini joylashtirib, ularni bayram bilan tabrikladi.
“Asallarim, bayram muborak bo‘lsin! Men dunyodagi eng baxtli san’atkorman, o‘ziga shukur. So‘raganimni ortig‘i bilan berdi. Baxtimga salomat bo‘linglar”, deb yozadi Mamazoitova.