Lola Karimova Tillayeva esa o'zining 41 yoshga to'lganini nishonlamoqda. Bu haqda u o'zining instagram sahifasida shunday yozadi.
— 41 yoshimni qarshi olar ekanman, Parvardigorga hayotimning har bir o'tgan kuni, ortirilgan tajriba, men sevgan insonlar, oilam, barcha quvonch va tashvishlar, g'alaba va ko'ngilsizliklar uchun behisob shukronalar aytaman. Umr yo'limda uchratgan hamma insonlarga, ularni yaxshi yomonga ajratmagan holda, hayolan tashakkur aytaman, chunki ular haqida ko'proq anglash va o'sish imkonini bergan ustozlar sifatida fikr yuritaman.
Ortga nazar solar ekanman, hayotda sodir bo'ladigan voqealar oq va qoraga bo'linmasligi, barchasi tajriba va u bizni haqiqiy o'zligimizga yo'l topishda, Alloh yaratgan asl oliy insoniy tabiatimizni anglashda yordam berishini tushunaman. Hali ham yo'lda ekanimni anglayman, va kelajakka umid va mehr ila boqaman.
Biz ham Lola Karimovani tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!