Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gulbahor Erqulova gazeta-jurnallarni hojatxona qog‘oziga o‘xshatdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova Sayyod.com saytiga bergan intervyusida gazeta va jurnallarning san’atkorlar bilan munosabatlaridagi ayrim jihatlarni tanqid ostiga oldi, shuningdek, jurnallarning sifatiga baho berarkan, hojatxonaga qog‘oziga ishora qilib o‘tdi.
“U jurnal har hafta chiqadigan latta qog‘ozga o‘xshagan gazeta bo‘lsa, - deydi artist. – Kechirasiz-u, hozir tualet qog‘ozlarining har xil turlari ko‘payib qoldi-ku. Bir paytlar, 86-87-yillarda davlatimizda ham bunaqa arzon gazetalar bo‘lmasdi, jurnallarning oblojkasi glyanseviy bo‘lardi. “Saodat”iyam, hammasi, chiroyli bo‘lardi. Bilasizmi, jurnalning birinchi betiga chiqsangiz pul berasiz, ikkinchi betiga mundoqroq berasiz degan gaplar bo‘lmasdi. “San’at” degan bir jurnal ham chiqdida, Gulbahor opa, birinchi betiga chiqsangiz falon pul, ikkinchi betiga falon, deganida, men aytdimki, pul berib jurnalga chiqsam, chiqmayman deganman”.
Shundan so‘ng san’atkor hojatxona mavzusini davom ettirdi: “Nozik joylarga jurnallarni terib terib qo‘yishadi. Tasavvur qiling, glyanseviy jurnalda ham kimdir chiqqan. Agar unda ham biror chiroyli arbob rasmi chiqqan bo‘lsa, ko‘zga ko‘ringan inson bo‘lsa, qaysi bet bilan uni olib, yomon... yirtib otib yuborasiz?”.
“Bir qizimiz javob yozibdilar, butun dunyoda reklama uchun. Reklama qiladigan jurnallar boshqacha bo‘ladi. Unaqa majburiy tirajlar bo‘lmaydi. Masalan, moda uchun bo‘lsa, birorta bir aktrisaning hayoti bo‘ladigan bo‘lsa, u jurnalning o‘zi kamida turganida ming dollar, bir yarim ming dollar turadi. Uning oluvchilari ma’lum bo‘ladi. Sofi Loren bo‘ladimi, Richard Girmi, kim bo‘lsa ham, shu jurnalni kutib turishadi, butun jurnal o‘shanga bag‘ishlangan bo‘ladi, hayotiga, u jurnaldan kechib bo‘lmaydi. Shunga ham talashib, ichkariga qo‘yaman, tashqariga qo‘yaman, oxirgi betining oldiga qo‘yaman deyish nimaga kerak? “Darakchi”da bir shunaqa bo‘luvdi. Rasmingiz, Gulbahor opa, shu birinchi betiga sal sig‘mayapti-da, Rayhon bilan Ulug‘bek Otajonovning oyog‘i tagiga tushib qolibsiz, dedi. Mayli oyog‘ining tagiga tushsam ham, joy topildimi, deganman”, - deb so‘zlariga yakun yasadi Erqulova.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3904 | Рейтинг: 0| Рейтинг: gazeta-jurnal, Gulbahor Erqulova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное