Ganga maydonidagi ko‘prik qurilishi nihoyasiga yetmoqda
Toshkentning Hadra maydoni va Sebzor dahasini bog‘laydigan yangi ko‘prik qurilish ishlari nihoyasiga yetmoqda.
Mazkur hududlarni bog‘lovchi avtomobil ko‘prigi yonidan piyodalar o‘tishi uchun yo‘lusti yo‘li ham barpo etilayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Ushbu yo‘l esklator, nogironlar aravachasini ko‘tarib-tushiruvchi lift bilan jihozlangan.
Qurilish joyidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur inshoot yaqin kunlarda, aniqrog‘i 9-may Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan ochiladi.