"Hayot uchun!” estrada va kino san’atining bir guruh mashhurlari katta maydonda to‘p surishdi. Bunaqasi hali birinchi marotaba. Shukrullo Isroilovning darbozabon bo‘lganiga nima
deysiz? Jahon futbol maydonlaridan hech arimaydigan dunyoning eng kuchli hakami Ravshan Ermatov bu gal o‘zimizning "JAR”da ham o‘z vazifasini ado etdi! Kinoyulduzlar jamoasi o‘yinda g‘olib bo‘ldi. Biroq, bu bir shou edi. Omma uchun bayramona kayfiyat
ulashish esa asosiy maqsad. Tadbir tashkilotchilari bu ishni rosmanasiga
uddaladi. Minglab tomoshabinlar futbol barobarida mashhur yulduzlarning kuy-qo‘shiqlaridan ham bahramand bo‘lishdi. Muhimi, ezgulik o‘lmasin, shunday xayrli amallar
ko‘p bo‘lsin! Ishtirokchilar esa ko‘krak saratoniga chalingan ayollarga ozmi-ko‘pmi
yordami tekkanidan boshi yetganini jurnalistlarga bot-bot gapirishdi.