28 sentyabr tongida Еvrosiyoning g'arbiy qismi, Shimoliy Afrika va ikkala Amerika sharqiy qirg'oqlari aholisi qip-qizil yoki jigarrangdagi ulkan Oyni kuzatdi. Fotograf Tom Clancy Toshkent viloyati, So'qoq qishlog'idan Oyning jigarrang tusga kirishini suratga olishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar berdi"Daryo.uz".
Fotograf Oyni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 06:10gacha kuzatdi.
«To'liq Oy tutilishi boshlanmasdan turib, yakuniga etdi. Qisman tutilish Toshkent vaqti bilan taxminan 05:30da boshlandi. Oy gardishi tezda jigarrang tusga kirdi va 40 daqiqadan so'ng ufq ortiga yashirindi», — deydi fotograf.
Ammo Tom Clancy Oyning jigarrang tusga kirishi uning tutilganini anglatmasligini aytib o'tdi.
«Har safar Oyning ko'rinib turgan vaqti quyosh chiqishiga to'g'ri kelib qolsa, u jigarrang yoki qizil rangda bo'ladi», — deydi Tom Clancy.
Astronomlarning hisob-kitoblariga ko'ra, Oyning qisman tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 06:07dan boshlangan. To'liq oy tutilishi esa 7:10dan 8:23gacha davom etgan. Biroq to'liq oy tutilishi O'zbekiston hududidan ko'rinmagan.
Shuningdek, tvitter foydalanuvchilari dunyoning turli burchaklarida olgan qizil Oy suratlaridan reportaj uyushtirildi.