Foto: Samarqand viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi tibbiyot markazi oldida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda. Hodisa 27-oktabr, payshanba kuni tongda yuz bergan. Mashinaning yonib ketish sabablari noma’lum, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.
Voqea joyidan olingan suratlarda yuk mashinasi ag‘darilib yotganini ko‘rish mumkin. Taxminlarga ko‘ra, u kiyim-kechak olib ketayotgan bo‘lgan.