Fojia! 19 yoshli qiz karantin tufayli o‘z joniga qasd qildi
Britaniyaning Norfolk shahrida 19 yoshli Emili Ouen bilan fojia yuz berdi. Qiz koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq tashkil etilgan karantinga tushib qolishdan qo‘rqib o‘z joniga qasd qildi. The Sun nashri xabariga ko‘ra, marhuma juda xushmuomala, kirishimli qiz bo‘lgan. Faqat uyda qolish, “to‘rt devor” orasida bo‘lish talab qilinadigan karantin esa uni qo‘rqitib yuborgan. Bundan tashqari, ushbu noxush voqeaning sabablardan biri Emilining tushkunligi bo‘lgan. Gap shundaki, qizga 15 yoshida yuqori darajali autizm tashxisi qo‘yilgan. U uzoq vaqt davomida jamiyatga qo‘shilishga va uning tamoyillariga muvofiq yashashga harakat qilgan. Ammo qaysidir vaqtga kelib busiz yashay olmasligini tushungan. Afsus!