Farzandini 5 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. (2000 y.t. oilali) 2019 yilda tug'ilgan qiz farzandini fuqaro M.ga 5 000 AQSh dollariga sotib, tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.