Evro-2020 bo‘lib o‘tadigan shaharlar nomi ma’lum bo‘ldi
Shveysariyaning Jeneva shahrida 19 sentabr kuni Yevro-2020 musobaqasi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan 13 ta shahar nomi e’lon qilindi.
UEFA ijro qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, 2020 yilgi Yevropa chempionati uchrashuvlari Boku (Ozarbayjon), London (Angliya) Myunxen (Germaniya), Rim (Italiya), Sankt-Peterburg (Rossiya), Budapesht (Vengriya), Bilbao (Ispaniya), Glazgo (Shotlandiya), Bryussel (Belgiya), Dublin (Irlandiya), Amsterdam (Gollandiya), Buxarest (Ruminiya), va Kopengagen (Daniya) shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
¼ final uchrashuvlari Boku, Sankt-Peterburg, Myunxen va Rim shaharlarida o‘tkaziladi. Musobaqaning yarim final va final uchrashuvi esa Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yili UEFA ijro qo‘mitasi Yevropa chempionatini bitta yoki ikkita mamlakatda o‘tkazishni o‘rniga Yevropaning bir qator shaharlarida o‘tkazishga qaror qilgandi.