Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Jumong-soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qaqnus - Mal De music
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Erkakning Xiyonatini Fosh qiluvchi 8 belgi

Erkakning xiyonatini fosh etish uchun albatta uning ko‘ylagidan lab bo‘yog‘i yoki uning mashinasi salonidan ayollar kosmetik vositalarini topib olish shart emas. Bunday voqealar komediya filmlarda bo‘lishi mumkin. Hayotda esa erkak kishi “sarguzasht”larini rafiqasidan yashirish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi. Ammo “Aif.ru” nashri sizga xiyonatni aniqlashning sakkiz belgisi bilan tanishtirishga qaror qildi. Ular bilan tanishing!
№1 belgi – uning ishdan beri kelmasligi
Siz ilgari eringizning bunchalik “mehnatsevar” inson ekanligini sezmagansiz. U ilgarilari 8:00 da ishga ketib, 17:00 da uyda bo‘lgan. Endi nimagadir ishlari ko‘payib ketib, uchinchi smenaga ham ishga qoladigan bo‘lib qolgan. Rahbariyat ham faqat unga topshiriq beradi, faqat uni xizmat safarlariga yuboradi. 
Darrov janjal ko‘tarishga shoshilmang. Balki haqiqatan ham eringizni ish joyida vaziyat o‘zgargandir. Bunda nafaqat uning kech qolishiga, balki xulq-atvoriga ham e’tibor bering. 
№2 belgi – o‘ziga o‘ta darajada oro berishi
Erkak kishi xotinidan tashqari biror ayol bilan uchrashadigan bo‘lsa, o‘ziga o‘ta oro beradi. Ilgarilari haftasiga bir marta zo‘rg‘a hammomga tushgan bo‘lsa, endi har kuni yuguradigan bo‘lib qoladi. Tez-tez kiyimlarini, bo‘yinbog‘ini, paypog‘ini almashtiradi, atirini o‘zgartirib turadi. 
Har bir ayol erining xulq-atvorini yaxshi bilganidan uning harakatlaridagi ozgina o‘zgarishni sezib qoladi. Chunki odam shunchaki o‘zgarmaydi. Bu jiddiy belgi. 
№3 belgi – sportga qiziqishi ortadi
Agar eringiz sog‘lom bo‘lishni istab, ozish uchun sportzalga borishni istasa, bundan xursand bo‘ling. Ammo oilali erkak dabdurustdan rafiqasiga “Men sportzalga boraman”, demaydi. U rostdan ham ozishni istasa, avvaliga bu masalada rafiqasi bilan maslahatlashadi va birga borishni, birga shug‘ullanishni taklif qiladi. Agar u birdaniga sportzalga borishni istab qolsa, birga borishni iltimos qiling va uning javobiga e’tibor bering.
№4 belgi – intim munosabatlardagi o‘zgarish
Eng yomoni erkak kishining rafiqasi bilan munosabatlariga butunlay chek qo‘yib, his-tuyg‘usiz, unga bee’tibor bo‘lib qolishidir. 
№5 belgi – boshqa ayollarga e’tiborli bo‘lib qolishi
Jinsidan qat’i nazar, har qanday odam go‘zal insonga havas bilan nazar tashlaydi. Ammo hamma gap uning bu go‘zallikka qanday boqishidadir. Xiyonat ko‘chasiga qadam qo‘ygan erkak hattoki rafiqasining oldida ham tap tortmay, begona ayolga suq bilan tikiladi. Rafiqam xiyonatimni sezmayapti deb, o‘zini erkin his qiladi va yana “ov” qilish istagi paydo bo‘ladi. Bu unga shartli refleks bo‘lib qoladi.  
№6 belgi – juda shirinso‘z yoki aksincha qo‘pol bo‘lib qoladi
Jazmani bo‘lgan erkak rafiqasiga nisbatan o‘ta shirinso‘z yoki qo‘pol munosabatda bo‘ladi. Agar erkak endigina xiyonat ko‘chasiga kirgan bo‘lsa, rafiqasiga nisbatan xushmuomala bo‘lib, unga turli sovg‘alar hadya qiladi. Ammo erkaklarning xulq-atvori har xil bo‘lganidan ularning ba’zilari qo‘pol va tund insonga aylanadilar. Ular rafiqasining har bir ishidan kamchilik topib, janjal chiqarishga harakat qiladi. Bunday hayot odamni charchatib qo‘yadi.
№7 belgi – ko‘zga tik qaray olmaydi
Rafiqasiga sodiq bo‘lgan erkak, tasodifan xiyonat qilsa, vijdoni qiynalganidan rafiqasining ko‘ziga qaray olmaydi yoki unga sizdan boshqa hech kim kerak emasligi haqida kiprik qoqmay yolg‘on gaprishi mumkin.
№8 belgi – telefonini qo‘lidan qo‘ymaydi
Mabodo eringiz barcha ishlarini telefon orqali hal qiladigan biznesmen-tadbirkor bo‘lmasa, uning birdan telefoniga yopishib qolishi tashvishli holdir. Agar u telefoniga parol qo‘yadigan, yoniga yaqinlashganingizda telefonini yashirishga harakat qiladigan bo‘lsa xavotirlashingiz uchun sabab bor.
Belgilarning o‘zi dalil bo‘lolmaydi
Yuqoridagi belgilar bilan eringizni xiyonatkorga chiqarib qo‘yish ham noto‘g‘ridir, ammo hushyorlikni qo‘ldan bermaslikda ular sizga yordam berishi mumkin. Ko‘pincha ayollar turmush o‘rtoqlari boshqa ayol bilan yashirincha uchrashayotganini juda kech anglashadi. Bunda erkak kishi o‘zini xavfsiz sezib, ochiqchasiga yura boshlaydi. Bunday holatda erkakni ortga qaytarish qiyin kechadi. Nomlari sanab o‘tilgan belgilar erkak kishi endi jazman topganda namoyon bo‘ladi. Ayollar erining fe’lidagi o‘zgarishlarni sezsa-da, bunga e’tibor berishmaydi, natijada ne umidlar bilan qurilgan oila tanazzulga yuz tutadi.
Mabodo eringizning xiyonatini sezib qolsangiz, darrov janjal ko‘tarishga shoshilmang. U bilan chin dildan, samimiy gaplashib ko‘ring, tushunishga harakat qiling, do‘stiga aylaning. Shu bilan birga o‘zingizga oro berishni, imijingizni o‘zgartirishni ham unutmang. Axir xalqimiz bekorga “Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma”, demagan. Uni rashk qilishga majbur qiling, sirli ayolga aylaning. Agar u sizning bu “hiyla”laringizga bo‘ysunadigan bo‘lsa, demak hali oilani saqlab qolish imkoniyati mavjud bo‘ladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 31296 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xiyonati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
samiya bu aniqkuuu
Like | 0
dilnura togri
%)
Like | 0
aziz700 Bosha guring!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное