Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Erini o‘ldirishga buyurtma bergan ayol fosh bo‘ldi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ayol rasman turmush o‘rtog‘i, biroq 2003 yilda ko‘ngil rishtasini uzgan, birga istiqomat qilmayotgan erini o‘ldirishga buyurtma bergani aniqlandi va javobgarlikka tortildi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, bu ayol eri bilan 1982 yilda turmush qurgandi. Ularning oilasida to‘rt nafar farzand dunyoga kelgan. Oradan yillar o‘tib, ayol eridan asossiz shubhalana boshlaydi. Doimiy ravishda xiyonatda aylab keladi. Rashk ko‘zini ko‘r qilgan ayol eriga qasdma-qasdiga xiyonat ko‘chasiga kiradi va shu orqali alamidan chiqmoqchi bo‘ladi. Bunga chiday olmagan er 2003 yilda u bilan butkul aloqalarni uzadi. Biroq farzandlar ertasini o‘ylab, rasman ajrashmaydi. Bir ayolni sha’riy nikohiga olib, u bilan yashab yuradi. Farzandlarini uylab-joylashga ko‘maklashadi.
Or-nomusini saqlay olmagan ayol esa turli joylarda ishlab, kun ko‘rib yuradi. Alamzada bu ayol baxtsizligiga chiday olmay, 2014 yilda erining joniga suiqasd qilib, mol-mulkini o‘zlashtirish haqida reja qiladi. Bu niyatini amalga oshirish uchun dugonasidan yordam so‘raydi. Ammo dugonasi bir necha bor shashtidan qaytaradi. Ko‘zi nafratga to‘lgan ayol esa “Sen yordam bermasang, bu ishni o‘zim tugataman”, deydi.
Niyati jiddiy ekanini anglagan dugonasi, uni to‘xtatish uchun reja tuzadi. Ayolga telefon qilib, yollanma qotil topganini aytadi va uni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonga chaqiradi. Ayol erini o‘ldirish uchun qotilga 15 ming AQSh dollari berishini aytadi. Kunini belgilab, kelishib olishadi. Ayol oldindan 100 AQSh dollarini hatto “yollanma qotil” cho‘ntagiga solib qo‘yadi.
Erining hayotiga suiqasd uyushtirgan ayolning dugonasi ushbu suhbat va kelishuvlarni audio tasmaga yozib olgan edi. Fursatni boy bermay, dalillarni huquqni muxofaza qilish organlariga topshiradi. Shu tariqa toshkentlik ayolning jinoiy kirdikorlari fosh bo‘ldi. 

Tergov-surishtiruv jarayonida o‘z aybiga iqror bo‘lgan ayblanuvchi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmiga ko‘ra, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5734 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Erini o‘ldirish, ayol fosh bo‘ldi, buyurtma bergan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Chorqishloq Mana sevgi muxabbat %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное