Rayhon fevral
konsertlarini bu yil bahor oyiga surgan bo‘lsa-da, yangi xit qo‘shiqlar yaratishni
unutganicha yo‘q. "Qani?” – u oilali bo‘lgach, ijodga yangi g‘ayrat bilan qaytganidan
bir nishona. Ushbu sho‘x taronaga ayni kunlarda klip ham suratga olinmoqda.
-Klip muxlislarimga
olam-olam quvonch baxsh etishiga umid qilaman. Kliplarimda ko‘plab aktyorlar, mashhur
hamkasblarim rol ijro etishgan. "Qani?”da juda ko‘plab kino yulduzlari meni qo‘llab-quvvatlashdi.
Ularga qanday qilib minnatdorchilik bildirishga hayronman. Har birining ijodiga
va insoniyligiga ta’zimdaman! – deydi, Rayhon.
-Turmush o‘rtog‘ingiz
ham klipda ko‘rinish beradimi?
-Albatta! Usiz
klip bo‘ladimi? (kuladi).
Darvoqe, yana
bir gap. Rayhon ijodiga navbatdagi hamla! U kuylagan "Bakabang”ni qaroqchi urdi.
Qozoq kuychisi Sivi Mahmudi o‘z ona tilida "Bakabang”ni kuylab, hatto klip ham suratga
oldirishga ulguribdi. (O‘tgan yili Ruslana "Yodingdami?”ni rus tilida kuylagandi!)
Ishqilib, hamma
ijodkorlarga insof bersin. Ayrim paytda o‘zimiznikilardan ranjiymiz. O‘ylab qarasangiz,
qaroqchilikni hamma qilyapti. Mualliflik huquqi bo‘yicha javobgarlik mayli bir tomon,
hech bo‘lmasa "qaroqchi”lar haqiqiy ijodkorlar rasman ruxsat so‘rashsa, vijdonan
toza yondoshgan bo‘lishardi!