Endi minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olib ketish mumkin bo‘ladi
7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik xabarida aytiladi.
«O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.
«Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda, — dedi Rustam Qodirov. — Masalan, sizning mashinangiz bor, 3—5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi mashina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan mashinangizni dilerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz».
Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi