Bekat turli maqsad sari
yo`l olgan insonlarni bir joyga jamlaydi. Men ham o`qishdan chiqib, bekatda
66-avtobusni kutib turardim. Birin-ketin 77, 32,21 -avtobuslar kelib-ketayapti,
negadir "66” ning kelishi qiyin bo`ldi.
Bekatga kelib, avtobusdan
tushayotgan yulovchilar qo`llaridagi muddati tugagan chiptalarni yerga tashlab
yuboradilar. Shamol yengilgina esayotgan bulsa-da, bu kog`ozlarni uchirishga
kuchi yetardi.
Bekatning bir tarafida 3
nafar dugona chaqayotgan pista po`choqlarini o`rindiqning bir chekkasiga
tashlab qo`ya qolishdi. Kurganning havasi keladi bu qizlarga. Oydanda go`zal
husn, oydanda go`zal chehralar.Ularga uzoq tikilib qolganimdan hijolat tortib,
teskari burildim. Dimog`imga tamakining achchik tutuni urildi. Kostyum-shim,
bo`yinbog` taqqan, chamasi 19-20 yoshlar atrofidagi yigit chekib bo`lgach,
sigaret qoldig`ini bir qadam nariga uloqtirdi. Achchiqlanib yerga qaradim.
Qiziq, oyog`im ostidagi tamaki qoldiqlaridan yasalgan «gulchambar»ga ahamiyat
bermabman.
6-avtobus keldi. Yonimdagi
5-6 nafar maktab o`quvchisi «chug`urlab» unga otilishdi. Bir narsa taraqlab
yerga tushdi. Bu ularning suv idishlari(baklajka) edi. Atrof bir zumda
«chamanzor»ga aylandi-qoldi. Faqatgina bir burchakdagi ahlat uchun qo`yilgan
mahsus yashikcha ichi bo`shligidan g`aribgina bo`lib turardi.
Nihoyat kutgan avtobusim
keldi. Bo`sh joylar ko`p ekan, o`tirib oldim. "Hayriyat, o`tirib ketaman. Ahir
ohirgi bekatgacha ozmuncha yulmi!” Uyquga ilingan kuzim onahonning «hozirgi
yoshlar…» degan gapidan yarq etib ochildi. Urnimdan turib joy bo`shatdim.
«Kechirasiz, ko`rmay qolibman». Kechirmadilar ! Manzilga yetib borguncha ikki
ayolning hozirgi yoshlarning odobsizligi tug`risidagi bahslarini eshitib
ketishga tug`ri kelishini sezib, narirok surilib, atrofga qarab keta boshladim.
Avtobusda odam ko`payib
ketdi. Charchagan qiyofadagi yo`lovchilar kupligidan atrofni ham
ko`rolmadim, tusilib qoldi. To`satdan yonimda tik turib ketayotgan odamning
telefoni "Gulbadan” deya honish qilishni boshladi. Bu qo`shiq boshlangan paytda
yana bir go`zal qizning telefonidan "Hayolim bir o`zingda” deb qo`ng`iroq
bo`lib qoldi. Ikkita musiqa umumlashmasi ajoyib bo`larkan. «Hayolim bir
o`zingda… Gulbadan». Yana, har birimizning yonimizda bittadan uyali aloqa
vositasi. Kamida 30 nafar odamdan 20 nafarining telefoni bo`lsa, 15 tasining
jiringlab qolish ehtimoli bor. Mobodo SMS degani kelib kolsa bormi. "Qarshi
oling, SMS”, "Jonim, asalim, qalaysiz endi” kabi vahima bilan "tashrif”
buyuradi.
Avtobusdan tushganda esa
quloqlarim ostida "umumlashma”lar hamon yangrayotgandi.
"Qarshi oling SMS…
Gulbadan…Sizga qung`iroq qilishayapti… Gulbadan…Hozirgi yoshlar bezbet…
Gulbadan…Mening hayolim bir o`zingda… Gulbadan”
Kayfiyatim tushib ketdi.