Donald Tramp oilaviy biznesni boshqarishni o‘g‘illariga topshirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp oilaviy biznesni boshqarishni o‘g‘illari kichik Donald va Erikka topshirdi. Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser jurnalistlar uchun ilk brifingida buni tasdiqladi, deya ma’lum qildi “TASS”.
U o‘zi va’da qilganidek lavozimini egallashidan avval kompaniyadan ketdi. Bu narsa amalga oshishi uchun barcha harakatlarni amalga oshirdi. Endi kompaniyaga rahbarlik to‘liq Don va Erikning qo‘lida.
Shon Spayser, Oq uy matbuot kotibi
Ma’lumot uchun, inauguratsiyadan bir kun avval Tramp 400 dan ortiq kompaniyalardagi barcha lavozimlaridan ketishini e’lon qildi. Trump Organization buni tasdiqlovchi hujjat nusxasini CNN telekompaniyasiga taqdim etdi.