O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 21 maydan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2,76 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8460,92 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 yevro kursi 62,05 so‘mga tushib, 9439,00 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 1,32 so‘mga qimmatlab, 131,06 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.