Bugun, 2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini ma’lum qildi. 1 AQSh dollari 6 so‘m 16 tiyinga tushib, 8060 so‘m 80 tiyinni tashkil qildi. 1 yevro qiymati 132 so‘m 29 tiyinga pastlab, 9494 so‘m 1 tiyin etib belgilandi. Markaziy bank mazkur valyutalarni o‘rnatilgan qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Zohirshoh Jo‘raev