O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 10 sentyabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan +11,06 so‘mga oshib, 9 395,63 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa +63,81 so‘mga qimmatladi va bir yevro 10 360,56 so‘m etib belgilandi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.